Turkiya o`z hududini tark etayotgan suriyalik qochqinlar uchun 200 mingta uy qurib bermoqchi. Bu haqda mamlakat etakchisi Rajab Toyyib Erdog`an ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon"nashri.
Uning so`zlariga ko`ra, hozirda Turkiyada 3.7 million suriyalik qochqin yashaydi. Ularni butun mamlakat "o`z birodari" deb hisoblaydi.
Bundan oldin Anqara Idlibda suriyaliklar uchun 100 ming uy qurilishini ma`lum qilgandi. Qochqinlar masalasi doimiy ravishda turk hukumati diqqat-markazida turadi. Erdog`an ularni majburiy ravishda ko`chirilmasligini ta`kidlagan.






