Andijon viloyati Oltinko`l tumanida ayol xizmat vazifasini bajarish uchun borgan Majburiy ijro byurosi hodimini kaltakladi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Agrobank"ning Andijon viloyati Oltinko`l filiali tomonidan "Zarin-Savdo" mas`uliyati cheklangan jamiyatiga 60 million so`m kredit mablag`i ajratilgan. Biroq kredit to`lovlari vaqtida amalga oshirilmagan. Shundan so`ng, fuqaro tomonidan kredit garovida turgan "Damas" avtomobilini zo`ravonlik yo`li bilan olib chiqib ketilgan va mashina noma`lum joyga yashirib qo`yilgan.
Bundan tashqari, ayol hodimning xizmat joyiga ham borib, tartibsizlik keltirib chiqargan.
Ma`lum qilinishicha, hozirda xolat yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






