Buyudjetdan tashqari pensiya jamg`armasining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, nogironligi bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashgan ta`lim muassasalari, "Mehribonlik" uylari, harbiy akademik liseylar, tarbiya koloniyalari o`qituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil bo`lgan taqdirda umumiy belgilangan pensiya yoshini 5 yilga qisqartirgan holda, ya`ni 50 yoshdan imtiyozli asoslardagi yoshga doir pensiyaga chiqishlari mumkin.
Ma`lumot uchun: “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan ayollar 55 yoshga to`lganda ish stajlari kamida 20 yil bo`lgan taqdirda, erkaklar 60 yoshga to`lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo`lgan taqdirda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo`ladilar.






