Afg`oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Muhammad Yoqub Kobul qo`shni davlatlarning bosqiniga jim qarab turmasligini ma`lum qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Vazir Pokiston tomonidan berilgan aviazarbalarga norozilik bildirgan.
“Biz butun dunyo bilan birga, qo`shnilarimiz tomonidan ham muammo va tahdidlarga duch kelyapmiz. Bunga yaqqol misol – Kunar viloyatidagi hujum”, – degan u.
Shuningdek, mulla Yoqub Afg`oniston bundan buyon bosqinlarga jim qarab turmasligini aytgan.
Ma`lumot o`rnida: Pokiston 15 aprel kuni Kunar va Xost viloyatlariga aviazarba berdi. oqibatda 50 kishi halok bo`lgan.






