Evropa Ittifoqi Hindiston bilan savdo muzokaralarini qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Evropa komissiyasi rahbari Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi. O`zaro muloqotda Evroittifoq Hindiston bilan ma`lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy media va mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish bo`yicha kengroq sa`y-harakatlarni umumiy tartibga solishni ko`rib chiqa oladigan texnologik kengashini muhokama qilgan.
Ma`lumot uchun, Evropa Ittifoqi Hindistonning uchinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Savdo aylanmasi 62,8 milliard evroga baholanmoqda.






