Obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari Sergeli tumanida ham boshlandi.
Jumladan, ushbu tumanga biriktirilgan Bosh prokuratura tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “Asakabank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi bilan hamkorlikda salohiyatli ishchi guruhi shakllantirildi va uning a`zolari mahallalardagi obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlariga mas`ul etib belgilandi.
Bosh prokuratura xabariga ko`ra, dastlab ishchi guruh tomonidan tuman sektorlari mas`ullari bilan birgalikda barcha mahallalardagi ko`chalar, xonadonlar va boshqa ob`ektlardagi mavjud ahvol o`rganib chiqilgan.
O`rganishlar asosida qilinadigan ishlar, ular uchun mas`ullar, muddatlar va moliyaviy manbalar aniq belgilab olingan.
Xususan, qisqa muddatlarda ekilishi lozim bo`lgan mevali va manzarali daraxtlar, gul ko`chatlariga bo`lgan ehtiyoj hisob-kitob qilinib, buyurtmalar shakllantirilgani aytilmoqda.
Mazkur buyurtmalar asosida keltirilgan nihollarni ekish esa kechadan boshlangani aytilmoqda.
"Ko`tarinkilik va uyushqoqlik bilan boshlangan hamda mamlakatimizning boshqa hududlarida ham amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar Bosh prokuratura tomonidan doimiy muvofiqlashtirilib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






