Avvalroq "China Eastern Airlines"ga tegishli Boeing 737 yo`lovchi samolyoti Xitoy janubida halokatga uchraganini ma`lum qilgandik.
Xabarlarga ko`ra, bortda 133 kishi bo`lgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgani qayd etilgandi, biroq qutqaruvchilar hamon halokatda tirik qolganlarni yoki yo`lovchilar va ekipaj a`zolarining jasadlarini topgani yo`q.
Xitoy televideniesi bu haqda xabar bergan.
"Hozirga qadar, qutqaruvchilarning ma`lumotlariga ko`ra, voqea joyida halokatga uchragan samolyotning bo`laklari topilgan, biroq bedarak yo`qolganlar hali topilmagan", — deb xabar beradi telekanal (Moskva vaqti bilan 04.50).
Ma`lum qilinishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda. Tog`li hudud bu ishoar uchun katta qiyinchilik tug`dirayotgani aytiladi.






