AsosiyJamiyat

Karantin sababli yopilgan Sirdaryodagi O`zbekiston – Tojikiston chegara bojxona posti qayta tiklandi

'Karantin sababli yopilgan Sirdaryodagi O`zbekiston – Tojikiston chegara bojxona posti qayta tiklandi'ning rasmi

2020 yil mart oyida butun dunyoda pandemiya e`lon qilinganligi sababli O`zbekiston Respublikasidagi chegara bojxona postlari vaqtinchalik faoliyatini to`xtatgan edi. Jumladan, Sirdaryodagi O`zbekiston – Tojikiston chegara bojxona posti ham. 

OAV ning xabar berishicha, Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida joylashgan “Xovosobod” chegara bojxona posti faoliyati qayta tiklandi. Yaxshi qo`shnichilik munosabatlari “Xovosobod” chegara bojxona postining qayta tiklanishi ikki davlat aholisi, ayniqsa chegara oldida istiqomat qiluvchi aholi uchun katta qulaylik yaratadi.

Karantin qoidalariga rioya qilingan holda, aholiga soddalashtirilgan tartibda chegaradan o`tish tizimi joriy qilingan.

    Boshqa yangiliklar