AsosiyJamiyat

Sirdaryoda bedarak yo`qolgan 25 yoshli qizni topishda yordam so`ralmoqda

'Sirdaryoda bedarak yo`qolgan 25 yoshli qizni topishda yordam so`ralmoqda'ning rasmi

Guliston shahar, Obod yurt mahallasida yashovchi 27.07.1996 yilda tug`ilgan, Arslanova Yulduzxon Maratovna 2021 yilning 31 dekabr kuni soat 10:00lar atrofida uydan chiqindilarni tashlash maqsadida ko`chaga chiqib, qaytib kelmasdan bedarak yo`qolgan. Bu haqda viloyat IIV  ma`lum qildi

Alohida belgilari: bo`yi taxminan 160-165 sm, ko`zlari katta-katta, qora rangda, o`rtacha gavdali, ozg`indan kelgan, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda elkasiga etadi, tashqi ko`rinishida nuqsonlari yo`q.  

Egnidagi kiyimlari: kulrang palto, pushti jemfer, havorangli sport shimi, oyog`ida qora rangli ayollar shippagi bo`lgan. 

Arslanova Yulduzxon Maratovnani ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998972450577, +998911354555, +998673435111, 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar