AsosiySport

AGMK - "Nasaf" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirildi

'AGMK - "Nasaf" uchrashuvi boshqa muddatga qoldirildi'ning rasmi

Coca-Cola Superliganing 3-turidan o`rin olgan AGMK — “Nasaf” o`yini Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi so`roviga ko`ra qoldirildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati ma`lum qildi

Boshqarma tomonidan yuborilgan xatda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-fevraldagi “2022-yilgi Navro`z umumhalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi PQ-134-son qarori va viloyat hokimi tomonidan 7-mart kuni tasdqilangan 1/DB-4-1406-sonli reja-dasturiga asosan, 20-21-mart kunlari Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Navro`z” umumhalq bayramiga bag`ishlab, viloyatning asosiy bayram tadbiri bo`lib o`tishi sabab sifatida ko`rsatilgan. Mazkur tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta`minlash uchun viloyat ichki ishlar organlari va Milliy Gvardiyaning mavjud kuch va vositalari jalb qilinishini inobatga olib, Sizdan 20 va 21-mart kunlari OKMK sport majmuasi o`yingohida o`tkaziladigan futbol uchrashuvlarini boshqa kuni o`tkazilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, deb yoziladi xatda.

O`zbekiston Professional futbol ligasi 3-turning qolgan bellashuvlarini Navro`z bayrami tantalariga qadar yakunlaydi. Faqatgina “Nasaf” futbol klubining OFK Chempionlar ligasida ishtirok etishi inobatga olinib, uning AGMK klubiga qarshi o`yini 20-mart sanasiga rejalashtirilgandi. Qo`shimchasiga, aynan shu kundan keyin FIFA kunlari start oladi va Srechko Katanes sara futbolchilarni terma jamoaga jalb qiladi.

Vaziyatdan kelib chiqib, 3-turdan o`rin olgan mazkur uchrashuv boshqa kunda o`tkazilishi maqsadga muvofiq deb topildi. 

    Boshqa yangiliklar