AsosiyJamiyat

Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga zarar qoplab beriladi — Qonun ma`qullandi

'Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga zarar qoplab beriladi — Qonun ma`qullandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga etkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinyapti.

O`zgarishga ko`ra, qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko`rsatilishi hamda ularga etkazilgan zararning kompensasiya qilinishini ta`minlash, bunda qiynoqdan jabrlangan shaxslarga etkazilgan jismoniy va ruhiy zarar, moddiy zarar yoki boy berilgan foyda, ma`naviy zarar, yuridik yordam, dori vositalari va tibbiy xizmat, psixologik va ijtimoiy xizmatlar uchun qilingan xarajatlar to`lab berilishi ta`kidlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 22 fevral kuni BMT Inson huquqlari bo`yicha kengashi 46-sessiyasida milliy preventiv mexanizmni takomillashtirish BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasi Fakultativ protokolining O`zbekiston tomonidan ratifikasiya qilinishi bu qonunga asos bo`lgan.

Tanzila Norboeva:

"Qonun kichkina bo`lgani bilan uning ahamiyati nihoyatda katta.

Gap inson huquqlari, uning qadri haqida ketmoqda va tabiiyki, bunda Qonunning zaruratini ortiqcha izohlashga xojat yo`q.

Qiynoqqa solish degan illat umuman kun tartibimizdan chiqib ketishi kerak. Mazkur Qonun shunga xizmat qiladi".

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar