AsosiyJinoyat

Toshkentda tabiiy qimmatbaho toshni 220 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi

'Toshkentda tabiiy qimmatbaho toshni 220 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.X., M.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, 1 dona (haqiqiy bahosi 30 mln so`m bo`lgan) tabiiy toshni 220 000 AQSh dollariga qonunga hilof ravishda o`tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ulardan jami 4 ta tabiiy tosh hamda simob moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, toshlarning sof og`irligi 333,8 grammni tashkil etib, tarkibi rubin, kvars, flyuorit, granat, pirop va sapfir birikmalardan iborat tabiiy qimmatbaho tosh ekanligi qayd etilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar