AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 18 ming dollarga er sotmoqchi bo`lgan firibgarlar qo`lga olindi

'Sirdaryoda 18 ming dollarga er sotmoqchi bo`lgan firibgarlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi

Ma`lum qilinishicha, DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.J. fuqaro X.G.ga Sayxunobod tumani, “Ittifoq” MFY hududida sport maydonchasi qurish uchun ajratilgan 18 sotix er maydonini boshqa bir fuqaro B.ning ishonchiga kirib, X.G.ning xabardorligisiz 18 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar