AsosiyJinoyat

Andijon va Xorazm viloyatida fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Andijon va Xorazm viloyatida fuqarolarni o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahar bo`limi tomonidan IIB bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.M. firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida, fuqarolar O. va N. ning ishonchiga kirib, ularni 7 000 AQSh dollari evaziga Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetiga o`qishga kiritib, keyinchalik o`qishini Andijon davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilib, oldindan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xiva tuman bo`limi tomonidan DXX bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.A. va B.S.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G.ni Qozog`iston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasasining yurisprudensiya yo`nalishiga o`qishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali o`qishini Toshkent davlat yuridik universitetiga ko`chirib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar