Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Yapon tili va maxsus malaka test markazi rahbari Dilafruz Ikromova ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, kuni kecha Yaponiya hukumati «Maxsus malakali ishchi» maqomini tasdiqlovchi testlarni O`zbekistonda o`tkazilishini rasman tasdiqladi. Bunga ko`ra Hamdustlik mamlakatlari ichida ilk bor Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshiriladigan Tokuteiginou testlari yurtimizda amalga oshiriladi.
Mazkur testlarni yurtimizda o`tkazilishi Yaponiyada ishlashni istagan fuqarolar uchun xarajatlarni qisqartirish bilan birgalikda, Yaponiya mehnat bozorida o`zbekistonlik mehnat migrantlarini salohiyatini tanitishga va O`zbekiston segmentini yaratishga ko`mak beradi.






