Ertaga 26-fevral kuni harakatlanuvchi 63-sonli “Andijon-Toshkent” yo`lovchi poezdining harakat jadvali texnik sababga ko`ra bir kunga o`zgarmoqda.
Bu haqda Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli ma`lum qildi.
Unga ko`ra, ushbu poezd harakatini shu kuni Andijondan soat 08:32 amalga oshiradi.
"Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin",-deyiladi Toshkent MTU xabarida.






