AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovoni yo`lida yuk avtomobili yonib ketdi

'"Qamchiq" dovoni yo`lida yuk avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

FVV taqdim etgan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 16 fevral kuni soat 10:50 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 228-kilometrida 1966 yilda tug`ilgan haydovchi D.I. "DAF" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to`xtatgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtomobilga zarar etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar