Prezident huzurida mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda.
“Yana bir masala – jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o`rin egallamoqda.
Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak”, dedi Prezident yig`ilishda, deb xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.
Mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog`ini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirildi. Bunda:
- elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;
- elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boshlash yuzasidan ko`rsatma berildi.






