Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda O`zbekistonga qiymati 136,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 341,5 mln. litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi 2020 yil bilan solishtirilganda 97,3 mln. litrga oshgan.
O`zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
🔸Rossiya – 172,5 mln. litr
Turkmaniston – 147,8 mln. litr
Qozog`iston – 16 mln. litr
Iroq – 3,6 mln. litr
Eron – 1,8 mln. litr
2021 yilda benzin ishlab chiqarish hajmi qariyb 9 % ga oshgan.






