Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan to shu yilning fevral oyiga qadar O`zbekiston aholisining tegishli qatlamini emlash uchun 42 183 286 doza vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Shu vaqt davomida to`liq vaksina kursini olganlar 18 yoshdan oshgan emlanuvchilarga nisbatan 68,8 foizni tashkil qilib, 14,7 million nafardan oshdi.
To`liq emlanlganlarning:
- 891 642 nafari 65 yoshdan oshganlar,
- 432 198 nafari tibbiyot xodimlari,
- 436 971 nafari maktab o`qituvchilari,
- 168 464 nafari maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari,
- 853 934 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolardir.
To`liq emlanganlarning qolgan qismi boshqa aholi vakillari hissasiga to`g`ri keladi.






