AsosiyJamiyat

O`zbekistonda har kuni o`rtacha 35-40 kishi ochiq tanlov orqali ishga joylashmoqda — Agentlik

'O`zbekistonda har kuni o`rtacha 35-40 kishi ochiq tanlov orqali ishga joylashmoqda — Agentlik'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig`i Abbos Akramov ishtirokida  bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi. 

Qayd etilishicha, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali orqali 60 dan ortiq vazirlik va idoralari hamda barcha tuman (shahar) hokimliklardagi mavjud vakant lavozimlar bo`yicha 41 687 ta tanlov e`lon qilinib, ushbu vakant lavozimlarga jami 512 359 nafar nomzod tomonidan hujjat topshirildi.

 Tanlovlarda 15 492 nafar nomzod davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini  egalladi. Tanlov g`oliblarining 7 102 nafari, ya`ni 46 foizi 30 yoshgacha bo`lgan, shuningdek, 1 100 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilingan.

Portal faoliyati yo`lga qo`yilgandan buyon, o`rta hisobda 1 kunda 35-40 nafar davlat fuqarolik xizmatchisi ochiq tanlov orqali lavozimni egallamoqda.

    Boshqa yangiliklar