AsosiyJamiyat

"Men axborotning erkin tarqalishi tarafdoriman!" Ruslanbek Davletov TikTok'ning bloklanishiga munosabat bildirdi

'"Men axborotning erkin tarqalishi tarafdoriman!" Ruslanbek Davletov TikTok'ning bloklanishiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda "Adliya vaziri jamoatchilik oldida hisobot beradi” nomli jurnalist va blogerlar uchun hisobot uchrashuvi bo`lib o`tmoqda. Ushbu uchrashuvda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TikTok'ning bloklanishi haqida gapirdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.

"Men axborotning erkin tarqalishi tarafdoriman. Tarixda ham axborotni cheklash ko`p bo`lgan. Bloklash nima degani o`zi. Texnik nuqtai nazarda buning imkoni bormi? Blokladik, deylik, hamma VPNga o`tadi-ku. Bilasizmi, har kuni qancha yangi dasturlar chiqadi. Biz jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashimiz kerak.

“TikTok”dan boshqa yomon kontent yo`qmi? Bloklash texnik jihatdan qiyin masala. O`ylaymanki, bu hech qanday samara bermaydi",–dedi Ruslanbek Davletov.

    Boshqa yangiliklar