AsosiyJinoyat

Namanganda 8-sinf o`quvchisiga jinoyat ishi ochildi. Ma`lum bo`lishicha, u...

'Namanganda 8-sinf o`quvchisiga jinoyat ishi ochildi. Ma`lum bo`lishicha, u...'ning rasmi

Namanganda maktab o`quvchisi savdo do`konida o`g`rilik sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 22 yanvar kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 yanvar kunidan shu kunga qadar Namangan shahar hududida joylashgan savdo do`konidan noma`lum shaxs, narxi 25.200.000 so`mlik oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Namangan shahar Yangi Namangan TIIB HPMB  profilaktika inspektorlari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida ota-onasi qaramog`ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 8-sinf o`quvchisi, 2007 yilda tug`ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi  TB tomonidan 2022 yil 28 yanvar kuni O`z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar