AsosiyJamiyat

Farg`onada avtomaktab o`qituvchisi pora bilan qo`lga tushdi

'Farg`onada avtomaktab o`qituvchisi pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Farg`onada avtomaktab o`qituvchisi pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda O`ZA xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Bag`dod tumanidagi “Bogʼdod avto ustoz” mas`uliyati cheklangan jamiyatida o`qituvchi vazifasida ishlab kelgan S.Sarimsoqov haydovchilik guvohnomasi berish vakolati bo`lmasada nafs yo`liga kirdi. F.Badalovga «V,S» toifadagi haydovchilik guvohnomasini Rishton tuman 2-TRIBda ishlovchi tanishlari orqali olib berish evaziga 400 AQSh dollari miqdorida «xizmat haqi» so`ragan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida pulni olgan vaqtida ushlanib, 400 AQSh dollari daliliy ashyo tariqasida olingan. Avtomaktab o`qituvchisi sodir etgan jinoyat ishi sud tomonidan ko`rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar