AsosiyJamiyat

Kamida 10 mln. dona mevali va manzarali daraxt ko`chatlari aholiga bepul tarqatiladi

'Kamida 10 mln. dona mevali va manzarali daraxt ko`chatlari aholiga bepul tarqatiladi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari bu boradagi navbatdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, bular:

- bahor mavsumida 125 million dona daraxt ko`chatlarini ekishni samarali tashkil etish;

- har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko`chatlarni tanlab, ularni etarli miqdorda etishtirish uchun ko`chatxonalarni ko`paytirish;

- “daftarlar”ga kirgan, ko`chat ekish bo`yicha tajribasi bor aholiga ko`chatxonalar tashkil etish va zarur texnika, sifatli nihollar va urug`lar xarid qilish, ko`chatlar etishtirish uchun subsidiyalar ajratish;

- ko`chatlarni etkazib berishda ochiq-oshkoralikni ta`minlagan holda, ularning narxi asossiz oshib ketmasligi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish;

- kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt ko`chatlarini aholiga bepul tarqatish;

- xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo`llarning chetlariga 1,5 million dona daraxtdan ixotazorlar tashkil etish.

Umuman, 1 martdan boshlab butun mamlakat bo`ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar