AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi

'Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot e`lon qilindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur va Moskva viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinadi.

 Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.

Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.

 Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.

Ishga qabul qilayotgan korxonalar "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Almis Integral", "Monotek stroy", "SENKI".

Tanlovlar vaqti va hududlar:

 3 fevral:

  • Soat 11:00 da Andijon sh., Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi

Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji.

95 202-33-55;

 4 fevral:

  •  Soat 11:00 da, Namangan sh., Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.

69 227-94-64, 69 227-97-27.

  • Soat 11:00 da, Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi.

Tel:. 76 222-45-22.

 

    Boshqa yangiliklar