AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lganlarga 60 dan ortiq yo`nalishlardagi ish o`rni taklif etilmoqda

'Rossiyada ishlash istagida bo`lganlarga 60 dan ortiq yo`nalishlardagi ish o`rni taklif etilmoqda'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining  ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur va Moskva viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilindi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi fuqarolarga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtirilishini ma`lum qildi.

Shuningdek, nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanishi aytiladi.

"Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi",-deyiladi xabarda.

Ishga qabul qilayotgan korxonalar: "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Almis Integral", "Monotek stroy", "SENKI".

Quyida tanlovlar vaqti va hududlar bilan tanishing:

2 fevral:

  • Soat 10:00 da, Buxoro shahri,

Manzil: Piridastgir ko`chasi, 13-uy.

Mo`ljal: Buxoro "Ishga marhamat" monomarkazi.

Tel:. 65 226-56-99, 99 707-77-10.

  • Soat 11:00 da, Farg`ona sh., B.Marg`inoniy ko`ch., 4-uy.

Mo`ljal: 10-maktab, Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi binosi.

73 244-40-01.

3 fevral:

  • Soat 11:00 da Andijon sh., Bobur sh. ko`ch., 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi

Mo`ljal: Sobiq afg`on bog`i ro`parasi, Transport kolleji.

95 202-33-55;

4 fevral:

  • Soat 11:00 da, Namangan sh., Nodira ko`ch., 3-uy. Viloyat mehnat boshqarmasi binosi.

69 227-94-64, 69 227-97-27.

  • Soat 11:00 da, Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi.

Tel:. 76 222-45-22.

    Boshqa yangiliklar