AsosiyJamiyat

2022 yildan buyrak transplantasiyasi operasiyalari barcha viloyatlarda amalga oshiriladi

'2022 yildan buyrak transplantasiyasi operasiyalari barcha viloyatlarda amalga oshiriladi'ning rasmi

Bugun deyarli barcha murakkab operasiyalar O`zbekistonning o`zida o`tkazilmoqda. Bu yurtimizda ixtisoslashgan tibbiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar samarasi.

2022–2026 yillarga mo`ljallangan Taraqqiyot strategiyasida bu sohni kelgusida yanada rivojlantirish ko`zda tutilgan.

Masalan:

  •  poytaxtda amalga oshirilayotgan yuqori texnologik operasiyalar viloyat va tuman darajasida amalga oshiriladi;
  •  buning uchun byudjetdan 600 mlrd. so`m mablag` ajratilib, 100 mingdan ziyod bemorlarda viloyatning o`zida yuqori texnologik operasiyalar bajariladi.

 Misol uchun, o`tgan yili Toshkentda 229 nafar bemorda buyrak transplantasiyasi amalga oshirilgan bo`lsa, Namangan, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida bunday imkoniyatdan 30 kishi bahramand bo`ldi.

Joriy yilda barcha viloyatlarda bunday operasiyalarni o`tkazish yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar