Toshkent hayvonot bog`ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborganligi bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ish bo`yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro`yxatda turganligi ma`lum bo`ldi.
Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.






