Rasmiy vizalar yopishtirilgan soxta pasportlar yasovchi "tadbirkor" IShID ekstremistik guruhiga aloqador shaxslarga Suriyadan Buyuk Britaniya, EI mamlakatlari, Kanada va AQShga sayohat qilish imkonini beradi. Bu haqda “The Guardian” nashri o`tkazgan surishtiruvlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiyada yashovchi o`zbek o`zi boshqaradigan ana shunday "biznes" orqali hozirda yuqori sifatli ko`rinishga ega qalbaki pasportlarni 15 000 dollargacha pullamoqda.
Nashr Suriya chegarasini noqonuniy kesib o`tgan odamlar Istanbul aeroporti orqali xorijiy davlatlarga etib borishga muvaffaq bo`lgan kamida 10 ta holatni aniqlagan.
"O`zbekning biznesi shu qadar gullaganki, u yaqinda "Telegram"da "Istanbul Global Consulting" rasmiy nomi bilan yangi kanal ochgan. O`sib borayotgan bunday savdo jarayonlari Suriyadan boshqa mamlakatlarda ham terrorchilik faoliyatini davom ettirishlari mumkinligini ko`rsatadi",-deya xavfdan ogohlantiradi “The Guardian".
Shuningdek, "The Guardian" vakili ushbu uddaburon "tadbirkor" bilan suhbatlashganda u har kim bilan ishlashga tayyor ekanligini bildirgan.
"Men kimning qaysi guruhda ekanligi haqida so`ramayman. Men har kim bilan ishlashga tayyorman",- deydi o`zbekistonlik o`zini mijoz sifatida ko`rsatgan "The Guardian" vakili bilan suhbatda.
“Kim yomon va kim yomonligini bilish mening ishim emas. Bu bilan Xavfsizlik xizmatlari shug`ullanishi kerak".






