Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida tovlamachilik bilan shug`ullanib kelayotgan uyushgan guruh faoliyatiga chek qo`yildi.
Tuman dehqon bozori yonida ikki nafar fuqaro kirakashlardan pul talab qilish bilan shug`ullanib yurgan. Tegishli organlar tomonidan uyushtirilgan tezkor tadbirda "soliqchi"lar kirakashdan kunlik talab qilinadigan 40 ming so`mni olgan vaqtda qo`lga tushgan.
Guvohlar ishtirokida tintuv qilinganda, cho`ntaklaridan maxsus ishlov berilgan pullar olingan. Ma`lum bo`lishicha, ular bu pullarni o`zlarining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatishgan. Pul bermagan kirakashlarni ba`zi hollarda kaltaklash bilan jazolash holatlari ham bo`lgan.
Hozirda holat bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.






