AsosiyJamiyat

O`tgan yili gaz ballonlari o`rnatilgan 14 ta transport vositasi portlab, 2 tasi yonib ketgan

'O`tgan yili gaz ballonlari o`rnatilgan 14 ta transport vositasi portlab, 2 tasi yonib ketgan'ning rasmi

2021 yil davomida respublika bo`yicha gaz ballonlari o`rnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash hamda 2 ta yong`in chiqish holatlari sodir bo`lib, ularda 9 nafar fuqaro jarohatlangan va 14 nafar fuqaro halok bo`lgan. Bu haqda bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi majlisi aytib o`tildi.

Shuningdek, avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to`ldirishda belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari ko`plab uchramoqda.

Ularni avtomobillarga o`rnatish va tegishli uskunalarni sinovdan o`tkazish bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyati ustidan ta`sirchan nazorat o`rnatilmaganligi, gaz ballonlarining texnik sinovdan o`tkazilganligi to`g`risida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari mavjudligi qayd etilgan.

Yig`ilishda senatorlar  “O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning 8-moddasida O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi belgilangan bo`lsada, lekin gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta`minlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarning aksariyati rus tilida qabul qilinganligiga e`tibor qaratgan.

Majlisda boshqa masalalar ham muhokama qilinib, Qo`mitaning tegishli qarori qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar