AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidentining haftalik ish grafigi ma`lum qilindi

'O`zbekiston Prezidentining haftalik ish grafigi ma`lum qilindi'ning rasmi

Prezidentning Matbuot kotibi Shavkat Mirziyoevning joriy haftaga mo`ljallangan ish rejasida qator tadbirlar ko`zda tutilgani haqida xabar berdi.  

Ta`kidlanishicha, taqdimot va yig`ilishlarda investisiya sohasi, hududlarda ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash, boshqaruv kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish, hududlardagi ekologik holatni yaxshilash va boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Hafta yakunida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar