Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev ma`ruza qildi va unda tashkiliy masala ko`rildi.
Shu vaqtga qadar Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent viloyati hokimiga qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosar etib tayinlanishi munosabati bilan shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Angren shahar hokimi lavozimiga Abdurahimov Nuriddin Karimovich nomzodi ko`rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
N. Abdurahimov Piskent tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi bo`yicha moliyachi. Shu vaqtga qadar Prezident Administrasiyasining mas`ul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.






