Respublika bo`yicha 2022 yil boshidan 215 ta holatda ulgurji iste`molchilar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan holatlari aniqlandi. Ular tomonidan etkazilgan zarar miqdori 5,5 mlrd so`mni, hisob-kitob qilingan gaz hajmi 4,9 mln metr kubni tashkil etgan. Bu haqda "O`zneftgazinspeksiya" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, respublika aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta`minlash bo`yicha Energetika vazirligi tomonidan tashkil etilgan respublika va hududiy komissiyalar ish olib bormoqda. Bu borada avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarini mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan sutkaning ma`lum vaqtida tabiiy gaz qisqartirilishi nazoratga olingan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 24 yanvar kuniga qadar AGTKShlardan bo`shatilgan 66,6 million metr kub tabiiy gaz hajmlari aholi xonadonlari va ijtimoiy soha muassasalariga yo`naltirilgan.






