“Ural Airlines” aviakompaniyasining Moskva – Farg`ona reysi tuman tufayli Namanganga qo`nishga majbur bo`ldi. Bu haqda Ria novosti xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Dushanba kuni ertalab O`zbekiston sharqida Moskvadan Farg`onaga uchayotgan “Ural havo yo`llari” aviakompaniyasining Namangan aeroportiga qo`nishga majbur bo`lgan.
“Ural Airlines Moskva-Farg`ona reysi bo`yicha SVR8317 reysi belgilangan aeroportdagi quyuq tuman tufayli 7.32 (Moskva vaqti bilan 5.32) da Namanganga qo`ngan.
Xabarga ko`ra, reysning barcha 227 nafar yo`lovchisi quruqlik transportida Namangandan Farg`onaga, Moskvaga qaytish reysidagi yo`lovchilar ham xuddi shunday tarzda Farg`ona aeroportiga etkaziladi.
Ma`lumot uchun: O`zbekistonning ikki shahri orasidagi masofa 80 kilometrga yaqin.






