AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda sifatsiz shifer mojarosi hal qilindi

'Qashqadaryoda sifatsiz shifer mojarosi hal qilindi'ning rasmi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi E.Saidov tomonidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda federasiya axborot xizmati Darakchi.uz ga xabar berdi. 

Qayd etilishicha, iste`molchi o`z xonadonining tom qismini yopish maqsadida Kasbi tumanida joylashgan “Tilak Oston” xususiy korxonasiga qarashli qurilish mollari savdo do`konidan jami 180 dona shiferni 8 million 100 ming so`mga sotib oladi. Uyning tom qismi shifer bilan yopilganiga ko`p bo`lmasdan, shiferlar sifatsizligi sabab unda yoriqlar hosil bo`la boshlaydi. Bir necha hafta ichida shiferlarning hammasi yaroqsiz holga kelib qoladi. E.Saidovning o`ziga etkazilgan zararni qoplashni so`rab tadbirkorga qilgan murojaati esa e`tiborsiz qoldiriladi.  

Murojaat o`rganilishi natijasida, tomga yopilgan shiferlar haqiqatda o`ta sifatsizligi, to`liq yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlandi, sotuvchiga amaldagi iste`molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va sifatsiz shiferlar sifatlisiga almashtirib berilishi ta`minlangan.

    Boshqa yangiliklar