AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning qator tumanlarida gaz o`chiriladi

'Bugun Toshkentning qator tumanlarida gaz o`chiriladi'ning rasmi

Bugun, 31 yanvar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyati, Zangiota tumanida, Toshkent shahar, Sergeli tumanida hamda Bektemir va Mirobod tumanlari kesishmasidagi Baratxo`ja, Qo`yliq ovul, Badaxshon ko`chalaridagi aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent aylanasi bo`ylab qurilayotgan metro yo`nalishiga to`g`ri kelib qolgan, Xonabod ko`chasidagi yuqori bosim D - 720 mm er osti gaz quvurining yo`nalishini o`zgartirish hamda montaj ishlari tugatilganligi munosabati bilan harakatdagi gaz quvurini kesish va ulash ishlari rejalashtirilmoqda.

"Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar