AsosiyJinoyat

Jinoiy ishni hal qilib berish evaziga IIB xodimiga 20 million so`m pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi  

'Jinoiy ishni hal qilib berish evaziga IIB xodimiga 20 million so`m pora taklif qilgan fuqaro qo`lga olindi   'ning rasmi

Xorazmlik fuqaro Amudaryo tumanida sodir etgan jinoyat ishi bo`yicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi mayor B.Xodjametovga bir necha bor pora taklif qilgan.

Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u o`ziga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishini sudga yubormasdan, ijobiy hal qilishda amaliy berishini aytib, evaziga 20.000.000 so`m miqdoridagi pullarni  taklif qilgan.

Mazkur holat yuzasidan mayor B.Xodjametov vazirlik rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Unga asosan, O`zbekiston Respublikasi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi, va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda joriy yilning 28 yanvar kuni fuqaro Yu.R. mayor B.Xodjametovga o`ziga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishini sudga yubormasdan, ijobiy hal qilib berishi evaziga pora tariqasida taklif qilgan 20.000.000 so`m pullarni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

"Holat yuzasidan, Bosh prokuraturaning IJQKD Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tumani bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar