AsosiyJamiyat

Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "perevod" haqidagi audioxabarga munosabat bildirdi

'Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "perevod" haqidagi audioxabarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri A.Toshqulov ishtirokida xorijdan o`qishni ko`chirish bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazilgani haqida audioxabarlar tarqaldi.

Vazirlik ushbu xabarlarni yolg`on va hech  qanday asosga ega emasligini ta`kidlamoqda.

"Vazir ishtirokida o`qishni ko`chirish mavzusiga oid hech qanday videoselektor yig`ilishi bo`lgani yo`q. Xorijdan o`qishni ko`chirish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibga ko`ra amalga oshirilmoqda",-deyilali xabarda.

Shu o`rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan turli xil soxta axborotlarga ishonib qolmaslik so`ralmoqda.

"OTMga o`qishni ko`chirishga doir har qanday xabarning haqiqiyligini avval vazirlikning telegramdagi @eduuz rasmiy kanali orqali tekshirib ko`rishingizni tavsiya etamiz.

Shu bilan birga, asossiz va yolg`on axborotni tarqatganlik uchun qonunchiligimizda javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib o`tamiz",-deya eslatib o`tiladi.

    Boshqa yangiliklar