Tosnenskiy tumanida uch marta pichoqlangan o`zbekistonlik fuqaro jasadi topildi. Bu haqda 78.ru' xabar berdi.
Ma`lumotga ko`ra, fuqaro o`z uyida, divanda jonsiz holda topilgan. U 49 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lib chiqqan.
Tezkor tadbirlar natijasida ishsiz 36 yoshli erkak gumonlanuvchi sifatida qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






