Toshkent hayvonot bog`ida ayol 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabaringiz bor. Bugun, 30 yanvar kuni ushbu hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Quyida holat bo`yicha voqealar xronologiyasi bilan tanishishingiz mumkin.
Avvalroq, 28 yanvar kuni, soat taxminan 12 larda yosh ayol noma`lum sabablarga ko`ra haloyiqning ko`z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yuborgani haqida xabar bergan edik.
Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroturasi holat yuzasidan onaga jinoyat ishi ochilganini ma`lum qilgan edi. Unga ko`ra,
Toshkent hayvonot bog`ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Oradan bir kun o`tib, 29 yanvar kuni Sog`liqni saqlash vazirligi qizaloqning holati bo`yicha ma`lum berdi.
SSV ma`lumotiga ko`ra, ayiq qafasiga tushib ketgan qilchaga balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi tashxisi qo`yilgan.
Bugun, 30 yanvar kuni Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma`lumot berdi.






