AsosiyJamiyat

Quvasoyda hokim yordamchilariga elektroskuterlar berildi

'Quvasoyda hokim yordamchilariga elektroskuterlar berildi'ning rasmi

Farg`ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Quvasoy shahridagi o`rganishlar jarayonida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha hokim yordamchilari tomonidan yo`lga qo`yilgan ishlar bilan tanishdi.

Shaharning Isfaramsoy hamda A.Navoiy MFY hududlarida hokim yordamchilari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbarining ishonchi bilan ishga kirishgan hokim yordamchilari, statistik ma`lumotlar yig`ish bilan emas, har kuni hech bo`lmaganda bitta oilada tadbirkorlikni yo`lga qo`yish, bitta fuqaroning bandligini ta`minlash kabi aniq vazifalarni o`zlari uchun belgilab olishlari shartligini uqtirdi. Shahar hokimligi tomonidan hokim yordamchilariga yaratib berilgan sharoitlar ham e`tibor tortdi. 30 ta hokim yordamchisining barchasi alohida xona, kompyuter jamlanmasi bilan ta`minlangan, har biriga dastlabki va qo`shimcha to`lovlarsiz yil davomida bo`lib to`lash sharti bilan elektroskuterlar berilgan.

    Boshqa yangiliklar