AsosiySport

Shavkat Mirziyoev Pekindagi qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi

'Shavkat Mirziyoev Pekindagi qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi'ning rasmi

XXR Raisi Si Szinpin taklifiga binoan, 4 fevral kuni Pekinda bo`lib o`tadigan qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida xorijiy davlatlar va hukumatlar, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Sinxua” axborot agentligi ma`lumotiga ko`ra, Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy davlatlar etakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a`zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o`tkazadi.

Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar etakchilari, Xalqaro olimpiya qo`mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreesus bor.

Ma`lumot uchun: Olimpiya o`yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o`yinlari esa 4-13 mart kunlari bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar