Ma`lum qilinishicha, Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida «SAM IXLOS PARRANDA» MChJ rahbari M.Abdujabborovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «a» bandi hamda 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu shaxsdan jabrlanganlar bo`lsa Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga murojaat qilishlari so`raladi.






