Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev "Xabar" telekanaliga bergan intervyusida ikki muddatdan ortiq prezident sifatida saylanmasligi hamda Konstitusiya o`zgartirilmasligini ma`lum qildi.
"Biz jamiyatdagi siyosiy o`zgarishlar bilan ham, iqtisodiy o`zgarishlar bilan ham shug`ullanishimiz kerak. Bu mening missiyam. Har holda, men qancha vaqt Qozog`iston prezidenti bo`lishimni bilmayman, lekin Konstitusiyaga muvofiq ikki muddatdan ko`p emas. Prezidentlikda qolish uchun qonunlar qayta yozilmaydi, bundan tashqari, Konstitusiya ham o`zgartirilmaydi”, deb va`da berdi Tokaev “Xabar” telekanali jurnalistiga bergan intervyusida.
Shuningdek, u avval bo`lib narsalarni tanqid qilmaslik kerakligini ma`lum qildi:
"Avval bo`lgan narsalarni tanqid qilmaylik. Axir, bu bizning tariximiz. Lekin mening Prezident sifatidagi vazifam, menimcha, hali ham butun jamiyatni o`zgartirishda ijobiy natijalarga erishishdir. Qozog`iston xalqiga murojaat bilan birinchi nutqimda men siyosat va iqtisod birga bo`lishini aytdim, tarixiy voqelikda biz endi iqtisod bilan shug`ullanamiz, siyosat esa kutamiz deyishning iloji yo`q.”, - dedi Tokaev.






