AsosiyJamiyat

"Bir kunda qancha sochimiz oqardi, men stansiya yonib ketishidan qo`rqdim". Shavkat Mirziyoev O`zbekiston "svet"siz qolgan kun haqida gapirdi

'"Bir kunda qancha sochimiz oqardi, men stansiya yonib ketishidan qo`rqdim". Shavkat Mirziyoev O`zbekiston "svet"siz qolgan kun haqida gapirdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev joriy hafta boshida mamlakatda kuzatilgan elektr energiyasi bilan bog`liq holat yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda "Menimcha" loyihasida ma`lum qilindi.

"Birinchi bo`lib OAVdan odamlarni ogohlantirishni so`radim, chunki xalq sarosimaga tushib qolishi mumkin edi. Metrodan qancha odam chiqarildi, tog`dan necha kishi olib chiqildi, nechta svetofor ishlayapti, qaerda «GAI» turibdi, telefon nima bo`ldi – bular haqida har daqiqa xabar berdik. Hammani «baqirtirdim», baqiringlar dedim. Hech kim uxlagani yo`q kechasi, birorta odamni yo`qotmaylik deb harakat qildik.

Bu juda katta ofat bo`ldi, shunchaki hisoblagichni ochib tuzatadigan avariya emas. Hamma narsani o`chirishimizga to`g`ri keldi. Men stansiya yonib ketishidan qo`rqdim. Sirdaryodagi stansiya yonib ketgan, 1982 yoki 1983 yil edi. Mana shunday avariya bo`lgan, oltita stansiyaning hammasi yonib ketgan. Shu sabab bosh vazir bilan doimiy aloqada bo`ldim, bir kunda qancha sochimiz oqardi", - dedi davlat rahbari. 

    Boshqa yangiliklar