Ijtimoiy tarmoqlarda, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.N o`z joniga qasd qilganligi haqida xabar tarqalmoqda. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 19 yanvar Qarshi shahrida yashagan 38 yoshi N.N Qarshi shahar, “Oydin” mahalla fuqarolar yig`ini, Jayxun ko`chasida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish shahobchasida o`zini-o`zi osib, o`z joniga qasd qilgan.
Marhumning o`lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmokda.






