28 yanvar kuni soat 23:05 larda Farg`ona shahri S.Temur ko`chasida, 1991 yilda tug`ilgan R.A “TRAILBLAZER” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan 1996 yilda tug`ilgan S.A boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Oqibatda, “Spark” avtomobilining old qismida yong`in kelib chiqqan.
Haydovchi S.A. chap oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan Farg`ona shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi hamda FVB xodimlari tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda.
Barcha haydovchilardan yo`l qoidalarga rioya qilishlarini, o`zi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`raymiz.






