AsosiyJamiyat

Paxta hosildorligi 50 sentnerga etkaziladi

'Paxta hosildorligi 50 sentnerga etkaziladi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi ekinlari urug`chiligini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori (PQ–106-son, 28.01.2022 y.) qabul qilindi. 

Qaror bilan Urug`chilikni rivojlantirish markaziga bir qator qo`shimcha vazifalar yuklatildi.

Markaz paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urug`liklarini ichki va tashqi bozorga “Uzbek seedsmilliy brendi asosida sotishni tashkil etadi.

“O`zpaxtasanoat” AJning 11 ta urug`lik chigit tayyorlash sexlari Markazga berildi.

Urug`lik tayyorlash sexlarini Markazga o`tkazish bo`yicha Idoralararo ishchi guruh tasdiqlandi.

Urug`lik chigit va urug`lik don tayyorlash sexlarini 2022-2023 yillarda to`liq modernizasiya qilish bo`yicha “yo`l xaritasi” ishlab chiqiladi (uning ijrosiga 26,5 mln AQSh dollari yo`naltiriladi).

2022–2025 yillarda paxta hosildorligi 50 sentnerga, boshoqli don 90 sentnerga etkaziladi.

200 ming gektar sug`oriladigan er qishloq xo`jaligi ekinlari urug`liklarini etishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Agroklasterlar va fermer xo`jaliklariga g`o`za va boshoqli don ekinlarining eng hosildor navlarini import qilishga, ularni mustaqil joylashtirishga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar